“Neftçi” sönggi daqiqalarda gol ötkazib, “Al-Ittihod”ga mağlub böldi
Sport
−
20:53 1021 1 daqiqa
Bugun, 26 oktyabr kuni Farğonaning “Neftçi” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasi turniri 3-turi doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubini qabul qildi. Farğonadagi “Markaziy” stadionda bölib ötgan uçraşuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Uçraşuvning 17-daqiqasida Jamşid Iskandarov penaltini aniq amalga oşirib, “Neftçi”ni hisobda oldinga olib çiqdi. 34-daqiqada esa Ussem Auar hisobni tenglaştirdi.
Farğonaliklar uçraşuvdan bir oçko bilan çiqib ketişi mumkin edi. Biroq 90-daqiqada Yusuf An-Nasiri jarima zarbasidan kiritgan gol “Al-Ittihod”ga ğalaba keltirdi.
Şu tariqa, Islom Ismoilov şogirdlari Osiyo çempionlar ligasi Elit turniridagi uçinçi uçraşuvida ikkinçi mağlubiyatini qabul qilib oldi. Hozirda “Neftçi” hisobida 3 oçko mavjud bölib, jamoa turnir jadvalida 8-örinni egallab turibdi.
Live
Barchasi