O‘runov “Ural”dan janjal bilan ketgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning "Ural" klubi 2024 yilning iyunigacha shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov kuni kecha jamoa bilan kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ostonning klubni tark etishiga janjal sabab bo‘lgan. U bosh murabbiy Viktor Goncharenko bilan ziddiyatga borgan. Xabarlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi "Ural"ning "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinidan keyingi mashg‘ulotlaridan birida murabbiy bilan janjallashib qolgan. Shuningdek, futbolchi o‘ziga yetarlicha o‘yin amaliyoti berilmayotganidan norozi bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda bir necha o‘zbek klublari Oston O‘runovga qiziqish bildirmoqda. Jumladan, Namanganning "Navbahor" klubi futbolchi xizmatlaridan manfaatdor.

Ma’lumot uchun, "Transfermarkt" portali hozirgi vaqtda O‘runovning transfer narxini 700 ming yevroga baholamoqda.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

futbol O'runov "Ural"

Baholaganlar

429

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing