O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Oston O‘runov uylandi (video)

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Ural” klubi futbolchisi Oston O‘runov uylandi.

Ta’kidlash kerakki, Oston o‘zbek futbolidagi eng yorqin nomlardan biri hisoblanadi. O‘runov Namanganning “Navbahor” klubidagi faoliyati orqali tanilishni boshlagan. U 2020 yilda Rossiyaning “Ufa” klubiga yo‘l oldi.

“Ufa”da o‘zini ko‘rsatgan Oston O‘runovga Rossiyaning eng nomdor jamoasi bo‘lmish “Spartak” qiziqish bildirdi. Natijada, O‘runov 2 million yevro evaziga Moskva klubi safiga ko‘chib o‘tdi. Lekin Oston “Spartak” safida o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qilmadi. Aniqrog‘i, unga maydonga tushish uchun deyarli imkoniyat berilmadi.

Ma’lumot uchun, Oston O‘runov 2000 yilning 19 dekabrida Navoiy viloyatida tug‘ilgan. U 2019 yildan beri O‘zbekiston terma jamoasi safiga jalb qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Oston O'runov

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing