O‘runov rus klubi bilan shartnomasini bekor qildi
Sport
−
25 Oktabr 2022
2823Rossiyaning “Ural” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmatida xabar berildi.
O‘runov "Ural" safida uchta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. 21 yoshli futbolchi sentyabr oyida mazkur klub bilan shartnoma imzolagandi. Aslida tomonlarning shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan edi. Klub futbolchi bilan shartnomani nega bekor qilgani hozircha noma’lum.
Oston O‘runov shu vaqtga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. O‘runov O‘zbekiston terma jamoasining yarim himoyadagi muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Futbolchi Rossiyadagi ikki yillik faoliyati davomida "UFA", "Spartak" jamoalarida to‘p surishga ham ulgurdi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi