Osiyo va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga tranzit yo‘nalishlari yaratiladi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2023
3187Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston hamkorligida Osiyo va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga tranzit yo‘nalishlari yaratiladi. Bu haqda ikki mamlakat prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning Moskvadagi muzokaralari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma bayonotda aytilgan.
Hujjatda keltirilishicha, tomonlar “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” tizimidan foydalangan holda ikki mamlakat bozorlariga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmini oshirishga kelishilgan.
“(Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekistonning) transport sohasidagi hamkorligi yuk tashish uchun raqobatbardosh tariflar yaratish va Kaspiy mintaqasi, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Fors ko‘rfazi mamlakatlarida yangi tranzit yo‘nalishlarini yaratish orqali mavjud transport yo‘laklarining samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi”, deyilgan hujjat matnida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va RF yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda turli dolzarb masalalar kun tartibiga chiqdi, jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sodiq munosabatlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Vladimir Putin O‘zbekiston bilan aloqalarga to‘xtalar ekan, Moskva Toshkentning ishonchli savdo hamkorlari orasida birinchi o‘rinni egallab turganini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, Rossiya oktyabr oyidan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni boshlashi ham Putin tomonidan ma’lum qilindi. Keyinroq Kreml saytida Rossiya-O‘zbekiston muzokaralari yakunlari bo‘yicha Prezidentlarning qo‘shma bayonoti ham e’lon qilindi.
LiveBarchasi