Osiyo kubogi U-23: finalga chiqarilgan chiptalar qanchadan sotilishi ma’lum bo‘ldi 

Sport

image

Joriy yilning 19 iyun kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogi U-23ning final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoni U-23 termasiga qarshi maydonga tushadi. 

Finalga chiqarilgan chiptalar narxi joyiga qarab, 100 ming, 50 ming va 25 so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev xabar berdi.

“O‘zbekiston U-23 — Saudiya U-23 o‘rtasidagi final o‘yini uchun chiptalar bugun 17 iyun kuni sotuvga chiqadi. Chiptalar sektoriga qarab 100, 50 va 25 ming so‘mdan sotilishi rejalashtirilgan”, degan O‘zPFL direktori.

Qayd etish joizki, finalgacha bo‘lgan bahslarda O‘zbekiston U-23ning o‘yiniga tushish uchun chiptalar tekin edi.

Eslatib o‘tamiz, OFKning qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlarning Yaponiyaga qarshi yarim final uchrashuviga muxlislar kiritilmagan edi. Bunga sabab sifatida Iroqqa qarshi chorak final o‘yinida o‘zbekistonlik muxlislar tomonidan uyishtirilgan toshbo‘ron keltirilgan. Ishqibozlar maydonda bo‘lmasa ham O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyani ishonchli tarzda mag‘lub qilib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Osiyo kubogi

Baholaganlar

661

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing