Osiyo kubogi U-23: O‘zbekiston Yaponiyani mag‘lub qilib, finalga yo‘l oldi

Sport

image

Bugun, 15 iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi U-23ning yarim final uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya yoshlariga qarshi maydonga tushdi.

Bahsning dastlabki bo‘limida jamoalar nisbatan ehtiyotkor harakat qildi. Keskin va hujumkor o‘yin kuzatilmadi. Shunga qaramay, O‘zbekiston U-23da bir qancha imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq vaziyatlardan unumli foydalanishning iloji bo‘lmadi va jamoalar 0:0 hisobida tanaffusga yo‘l olishdi.

O‘yinning ikkinchi taymi o‘zbekistonlik yoshlarning hujumdagi faoligi bilan boshlandi. Natijada, uchrashuvning 60-daqiqasiga kelib, Jasurbek Jaloliddinov o‘zining dahshatli zarbasi bilan hisobni ochdi. Ushbu goldan so‘ng yaponiyalik futbolchilar ham hujumdagi keskinlikni ko‘paytirdi. Biroq ular yuzga kelgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi. Hisobda oldinga chiqib olgach, o‘zbekistonliklar asosan qarshi hujumga tayanib o‘ynadi va 88-daqiqada Husain Norchayev hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Shu tariqa, o‘yinda boshqa hisob o‘zgarmadi. Final bahsida O‘zbekiston U
-23ning raqibi Saudiya Arbistoni U-23 termasi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 musobaqaning chorak final bahsida Iroq U-23ni penaltilar seriyasida mag‘lub qilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

551

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing