Rasman! Osiyo kubogi U-23: O‘zbekiston va Yaponiya o‘yiniga muxlislar kiritilmaydi

Sport

image

Bugun, 15 iyun kuni Toshkentdagi "Milliy" stadionida U-23 Osiyo kubogining yarim final doirasida O‘zbekiston va Yaponiya yoshlari kuch sinashadi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu bahsga o‘zbekistonlik muxlislar kiritilmaydi. Bu haqda AFK rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 iyun  kuni Osiyo kubogi chorak finaldagi O‘zbekiston U-23 va Iroq U-23 o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida yuzaga kelgan tosh bo‘roni sababli shunday qarorga kelingan. Shuningdek, AFK Yaponiya yoshlarini qo‘llab-quvvatlovchi muxlislardan 500 nafarini stadionga kiritishga ruxsat bergan.

AFK'ning rasmiy bayonotida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartibbuzarlik uchun 50 ming dollar jarimaga tortilishi ham ta’kidlangan. Raqibiga yakka kurash sport turlarida foydalaniladigan "ajoyib" zarbani bergani uchun Abduvohid Ne’matov uchta uchrashuvga chetlatildi. Shu tariqa O‘zbekiston U-23 ning asosiy posboni uchun Osiyo kubogi yakunlandi.

Avvalroq, O‘zbekiston U-23 va Iroq U-23 o‘rtasidagi uchrashuvda sodir bo‘lgan holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilgani va tekshiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxslar aniqlanib, ularning ayrimlariga 15 sutkalik qamoq yoki jarima jazolari belgilangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Iroq yoshlari o‘rtasidagi chorak final uchrashuvining asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda 2:2 hisobi qayd etilib, penaltilar seriyasiga murojaat qilingandi. Omad lotereyasida o‘zbekistonliklar 3:2 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo‘l olgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

626

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing