Ortiqxo‘jayevning oyog‘iga bolta urgan 22 soat

Jamiyat

0053

Ortiqxo‘jayevga oid audioyozuv internetni portlatdi. Jurnalistlar shahar hokimiga oid shirkatlar mahsulotlari va xizmatlariga boykot  qilish kerakligini ta’kidlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda boshlangan kampaniyada jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari #bizitibolasiemasmiz heshtegi bilan post yozib qoldirmoqda. 

Shu o‘rinda kecha, 16 noyabr kuni tarqalgan ovozli yozuv bilan bog‘liq voqealar, xabarlar xronolgiyasiga e’tibor qaratsak. Shuni alohida ta’kidlash joizki, voqealar kecha 19:15 da boshlanib, bugun 17:03 da tin oldi. 

16 noyabr soat 19:15 - QALAMPIR.UZ’da Jahongir Ortiqxo‘jayevning audioyozuvi e’lon qilindi

16 noyabr soat 23:54 - O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar orasida birinchi bo‘lib "Adolat" SDP Ortiqxo‘jayevning audiosiga izoh talab qilib chiqdi

17 noyabr soat 01:57 - Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Matbuot kotibi rasmiy bayonot bilan chiqdi. 

17 noyabr soat 02:11 - O‘zbekiston "Xalq" demokratik partiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv olib borishi kerakligini aytib chiqdi

17 noyabr soat 07:30 - "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov o‘z Facebook sahifasida partiya voqealarni kuzatishi, hozircha fikr bildirmasligini ma’lum qildi

17 noyabr soat 12:07 - O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ovozidan "uyg‘onib ketdi".

17 noyabr soat 15:21 - Toshkent shahar hokimligi bayonot berdi va ovozli yozuv go‘yoki Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani asossiz iddao qilinayotganini aytdi

17 noyabr soat 15:22 - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy bayonot berib, holat o‘rganilayotganini aytib chiqdi

17 noyabr soat 15:30 - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi bayonot berdi

17 noyabr soat 17:00 - Kun.uz nashri audio tahririyatga oidligi, u Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan tahririyat xodimlari o‘rtasidagi suhbatda yozib olingani haqida bayonot berdi

17 noyabr soat 17:03 - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ortiqxo‘jayevga oid ovozli yozuvni o‘rganishda Bosh prokuratura bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi. 

Voqea tafsilotlarini QALAMPIR.UZ’da kuzatib boring.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

2552

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing