Ortiqxo‘jayev “Paxtakor”ga pul tikishni to‘xtatdi
Sport
−
13:37 6036 1 daqiqa
Toshkent shahrining sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev “Paxtakor” klubi bilan hamkorlikni to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda klub xodimlari ma’lumotiga tayanib, Alisher Nikimbayev o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Klub xodimlarining aytishicha, bu qaror ularga bugun, 24 avgust kuni ma’lum qilingan. Nikimbayevga ko‘ra, Jahongir Ortiqxo‘jayevning “Paxtakor”dan ketishi kutilgan voqea bo‘lgan, ammo uning bunday qisqa vaqt ichida amalga oshishi kutilmagan.
Ayni paytda klubning keyingi rejalari qanday bo‘lishi noma’lum. Jamoa Elit Chempionlar ligasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazishiga esa uch haftaga yaqin vaqt qolgan.
Ma’lumot uchun, “Paxtakor”ning Elit Chempionlar ligasidagidagi birinchi raqibi “Al-Ahli” bo‘ladi. Ushbu uchrashuv joriy yilning 14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 noyabr kuni Toshkentga Ronaldu yetakchiligidagi “Al Nasr” jamoasi kelishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi