Ortiqxo‘jayev Bosh vazirga o‘rinbosar bo‘ladimi?

Jamiyat

image
Musayev uxlamay, uxlatmay ishlayapti. Vazir yarim tunda yig‘ilish o‘tkazgani rasman xabar qilindi north_east

Musayev uxlamay, uxlatmay ishlayapti. Vazir yarim tunda yig‘ilish o‘tkazgani rasman xabar qilindi

Xabaringiz bor, bugun, 18 noyabr kuni Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida hokim o‘zgardi. Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatiga, Murod Azimov Qashqadaryo viloyatiga hokim bo‘ldi.

Biroz oldin mahalliy OAVda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Bosh vazirgi o‘rinbosar bo‘lishi haqida xabar tarqaldi.

Mazkur xabarga oydinlik kiritish uchun Bosh vazir Matbuot xizmati xodimi Behzod Hidoyatov bilan bog‘langanimizda, u bunday tayinlov haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.

Qayd etish kerakki, hozir Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi vakant hisoblanadi. Bu lavozimda faoliyat yuritgan Behzod Musayev Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yildan beri Toshkent shahar hokimi vazifasini bajarib kelyapti.

Avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev shahar hokimi lavozimidan ozod etilishi, uning o‘rnini Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov egallashi haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

743

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing