Orban Qozog‘istonga keldi
Olam
−
02 noyabr 2023
5634Kecha, 1 noyabr oqshomida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.
Viktor Orbanni Ostona aeroportida Bosh vazir o‘rinbosari Serik Jumangarin kutib olgan.
“Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda Qozog‘iston-Vengriya hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi”, deyilgan rasmiy xabarda.
Orban va Qozog‘iston rahbariyati vakillari o‘rtasidagi barcha uchrashuvlar bugun, 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, ertaga, 3 noyabr kuni Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) yubiley X sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitda TDTga a’zo davlatlar – Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etadi. Tadbirda TDT kuzatuvchi-davlatlari – Vengriya va Turkmaniston rahbarlari ham qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 noyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Qozog‘istonda bo‘lgandi. U Ostona shahrida Prezident Qosim-Jomart To‘qayev bilan muzokara o‘tkazgandi. Tashrif yakunlangach Makron O‘zbekistonga keldi.
LiveBarchasi