Onalik va bolalik, reproduktiv salomatlik qay axvolda? Bositxonova javob berdi

Jamiyat

Xabaringiz bor, joriy yilning 3 iyul kuni O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan Elmira Bositxonova Sog‘liqni saqlash vazirligiga qaytdi va vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. QALAMPIR.UZ yana SSVda ish boshlagan Bositxonovadan uning qaytishi borasidagi fikrlarini o‘rgandi.

Bositxonova o‘zining qaytishini kasbiy shakllanganligi va Prezident qarori bilan bog‘ladi. U yangi lavozimida ham samarali xizmat qilishga urinishini ta’kidlab o‘tdi.

“Men alohida qaytish deb aytishim, o‘zimni kasbim 30 yil davomida shu kasb orqali shakillanganim, kasbim orqali insonlar bilan hayotga bo‘lgan munosabatimni shakllantirganligim bilan bog‘liq. Lekin ijro hokimiyati vakili sifatida buni qaytish deb ham aytolmayman, chunki Davlat rahbari qaysi lavozimga o‘tish kerakligi to‘g‘risida o‘z qarorlarini qabul qilsalar men o‘sha qarorga bo‘ysunishga tayyorman. Barcha harakatlarim bilan jarayonlarda aniq ishtirok etishni, qilayotgan harakatlarim samarasini maksimal bo‘lishini barcha chorasini ko‘raman. Mana shunday oddiy harbiyga o‘xshagan javob”, deya fikrlarini bildirdi Bositxonova.

Shuningdek, mamlakatdagi onalik va bolalik reproduktiv salomatligining ahvoli qandayligiga ham qiziqdik. Bositxonova sohada muammolar bisyor ekanini ma’lum qildi.

“Muammo ko‘p, chunki bir yil davomida bu lavozim vakant bo‘lgan. Men ish boshlaganimga bir kun bo‘lmasdan 14 ta hududda ana shu masalaga masul bo‘lgan barcha lavozim egalarini va akusher ginekolog hamda pediatrlar bilan videokonferensiya o‘tkazdim. Ularning barchasiga aniq topshiriqlar berildi. Bu topshiriqlarning muddati ba’zilarida uch kun, ba’zilarida bir hafta. Ularga o‘z hududida onalik va bolalikni tahlil qilish bo‘yicha topshiriq berildi. Chunki hozir joylarda bugungi kundagi og‘ir jarayonda o‘z sohasidan chetlashgan xodimlar ham bor.

Shuning uchun tizimli ishni yo‘lga qo‘yib, onalik va bolalik muhofazasi bo‘yicha ijobiy natijalarga erishishning chorasini ko‘rishimiz kerak. Bu borada nafaqat rahbar sifatida balki hududlardagi xodimlarning ishini tashkillashtirish va ularni harakatiga ham bog‘liq ekanini aytmoqchiman. Men bugun bu ishlarni shakllantirishda mas’ul inson sifatida hamma harakatni qilaman”, deydi Bositxonova.


Maqola muallifi

Teglar

Elmira Bositxonova

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing