SSV xalqqa pulli xizmat qiladigan vazirlikka aylanib ketdi – senator (video)

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vazirligi xalqning sog‘lig‘ini saqlaydigan emas, xalqqa pulli xizmat ko‘rsatadigan vazirlikka aylanib qoldi. Bu haqda bugun, 5 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisida senator Oral Ataniyazova so‘z ochdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan saylangan senator, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ataniyazova tizimdagi muammolarni sanab o‘tar ekan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi Onkogematologiya bo‘limidagi vaziyatni misol tariqasida ko‘rsatdi.

“Oddiy spirt, shprits, askorbin kislotasi, natriy xlor va oddiy paxtagacha bemorlarning ota-onalari tomonidan o‘sha shifoxona yonidagi dorixonadan sotib olinadi. Birorta dori vositalari bepul berilmaydi”, dedi senator. 

U mazkur vaziyat bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilgani va haligacha na biror chora, na biror javob bo‘lmaganini aytdi. 

Senat Raisi Tanzila Norboyeva ham ona o‘limi, bola o‘limi, shifoxonalarda ona va bolaga qarash biznesga aylanib ketmasligi kerakligini ta’kidladi. 

“Kasallik tarixida nomigagina ayolni o‘zini aybdor qilib qo‘yish kerak emas. “Ayolning o‘zi vaqtida kelmagan“, “murojaat qilmagan”, degan holatlar judayam ko‘p. Hech qachon shifokorlar aybdor bo‘lmaydi va har doim ayolning o‘zini yoki oilasini aybdor qilib qo‘ya qolamiz”, deya tanqid qildi u.

Majlisda qatnashgan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova O‘zbekistonda onalar o‘limi o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga kamaytirilganini ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Sog'liqni saqlash vazirligi Elmira Bositxonova Oral Ataniyazova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing