“Omikron”. Koronavirusning yangi shtammi emlanganlar orasida tarqalishi mumkin

Olam

image

Koronavirusning yangi varianti emlangan odamlar orasida tarqalishi mumkin. Bu haqda Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ta’kidladi. Uning fikricha, kuchli mutatsiya “vaqt o‘tishi bilan” mavjud vaksinalardan himoya darajasini pasaytirishi mumkin. Bosh vazir mamlakatda cheklovlarni kuchaytirdi: barcha tashrif buyuruvchilar testlardan o‘tishi va natijalar olinmaguncha karantinda bo‘lishi kerak.

“Olimlarimiz bu haqda tobora ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lmoqdalar, ammo omikron juda tez tarqalmoqda va vaksinaning ikki dozasini olgan odamlar orasida yuqadiganga o‘xshaydi”, deydi janob Jonson matbuot anjumanida. Uning so‘zlari Buyuk Britaniya hukumati saytida keltirilgan. Uning ta’kidlashicha, omikronga qarshi vaksinalar qanchalik samarali ekanligi hozircha noma’lum, ammo “ular hech bo‘lmaganda qandaydir himoya beradi, deb ishonish uchun yaxshi asoslar bor”.

Foto: Boris Jonson

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi shtammiga omikron harfini tayinladi. Omikron (yunoncha O harfi) nomini berdi. Mutaxassislar virusning yana bir turi shusiz ham infeksiya tarqalishiga qarshi kurashayotgan mamlakatlarga tahdid solishi mumkin degan xulosaga keldi. 

Ma’lumot o‘rnida, omikron shtammi bilan kasallanishning birinchi holati Janubiy Afrikada aniqlangan, hozirda kasallik holatlari Yevropa mamlakatlarida qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

omikron

Baholaganlar

361

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing