Oltin mashmashasi. DXX firibgarni qo‘lga oldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida oltin qazib olish uchun sharoit yaratib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, Departament va Davlat Xavsizlik Xizmatining Paxtachi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro S.H. boshqa bir fuqaro F.D.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “Qoraqo‘ton" tog‘ida oltin qazib olishi uchun sharoit yaratib berishi evaziga 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida mayning ferma tashkil etgan shaxslar aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Oltin firibgar oltin qazib olish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing