Oltinga burkangan Humo arena. Toşkentda “Jawelry Fair 2026” körgazmasi bölib ötmoqda

Biznes

−

Reklama
0:00

Odatda sport öyinlari va şoularga mezbonlik qiladigan, gerbimizda tasvirlangan quş nomi bilan ataluvçi arenaning içi 27–28 oktyabr kunlari oltin va brilliantlarga töldi. Sababi, ikki kun davomida bölib ötadigan “Jewelry Fair 2026” xalqaro zargarlik körgazmasi aynan Humo Arena’da ötkazilmoqda.

Ekspo-zonadagi 60 dan ortiq stendda mahalliy va xorijiy brendlarning eksklyuziv hamda mualliflik kolleksiyalari namoyiş etilmoqda.

Ular orasida maşhur Italiyaning maxsus kompyuter texnologiyalari yordamida işlab çiqariladigan tilla buyumlaridan sifati va jozibadorligi jihatidan qolişmaydigan, özimizning hunarmandlar qöl mehnati bilan yasagan tilla buyumlar ham bor.

Taxminan 55 ming AQŞ dollari turadigan sumka yonidan körgazmaga kelgan ayollar ketolmay qolgan bölsa-da, bu yerdagi eng qimmat mahsulot u emas. Sababi, Prezident qarori bilan çet eldan qimmatbaho toşlarni olib kirişda bojxona tölovlari 0 foiz etib belgilanganidan söng, Özbekistonda oçilgan brilliant taqinçoqlar sotuvçi dökon stendida qariyb bir yarim milliard sömlik taqinçoqlar ham bor.

Özbekistonda zargarlik buyumlarini tayyorlaş va sotiş imkoniyatlari tobora ortib borayotgan bir vaqtda, uşbu sohaning madaniyatini yanada çuqur özlaştirgan tadbirkor va mutaxassislarni yetiştirib çiqariş maqsadida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Hindiston bilan hamkorlikda maxsus akademiya ham taşkil etildi.

“Xalqaro Gemmologiya instituti 2015 yilda Hindistonda taşkil etilgan. Bugungi kunda institutning köplab filiallari faoliyat yuritmoqda. Uç kun avval uning sakkizinçi filiali Toşkentda oçildi.

Biz Toşkentni qimmatbaho toşlar va zargarlik sanoatini rivojlantiriş uçun katta istiqbolga ega şahar deb bilamiz. Institutimizda gemmologiya, jumladan, olmoslarni saralaş, rangli va qimmatbaho toşlarni aniqlaş böyiça kurslar öqitiladi. Şuningdek, zargarlik buyumlarining dizayni, jumladan, eskiz çiziş, qölda dizayn yaratiş va kompyuter dasturlari yordamida loyihalaş könikmalari ham örgatiladi.

Bilişimizça, bu kurslar zargarlik sanoatiga qiziqadigan insonlar uçun juda muhim. Agar siz gemmologiya sohasida öz kelajagingizni qurişni istasangiz, institutimizda sizni kutib qolamiz. Bu yerda bilim oliş uçun qulay şaroit va işonçli ma’lumotlarga ega bölasiz. Şuningdek, olmos va boşqa qimmatbaho toşlarni sotib oliş hamda sotişda özingizga bölgan işonçingizni oşiriş imkoniyatiga ega bölasiz”, deydi gemmologiya fani böyiça boş mutaxassis Gait Obeyd (Ghaith Obeid).

Qisqaça aytganda, ikki kunlik zargarlik körgazmasidan közlangan maqsad – Özbekistonda zargarlik sohasi tobora rivojlanib borayotganini körsatiş va tadbirkorlar uçun özaro muloqot maydonini yaratişdan iborat.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing