Olma-otada teraktga tayyorgarlik ko‘rgan guruh qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari Olma-Otada gavjum joylarda teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan ikki ekstremistni qo‘lga oldi. 

MXQ ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorlar joriy joriy yilning 14 fevral kuni qo‘lga olingan va ular sud qarori bilan hibslangan. 

"Ularning yashash joyida olib borilgan tergov harakatlari chog‘ida shikastlovchi elementlari bo‘lgan qo‘lbola portlovchi moslama, uni tayyorlash uchun butlovchi qismlar, sovuq qurol, hujum qilinishi rejalashtirilgan ob’ektlarni fotosuratli va videotasvirlari olingan smartfonlar musodara qilindi", deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar respublika hududida, jumladan, gavjum joylarda terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan. 

Ularga nisbatan teraktga tayyorgarlik va terrorizmni targ‘ib qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 yanvar kuni ham MXQ Qarag‘anda va Taraz shahrida terrorchilik hujumlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan besh kishi qo‘lga olingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Olma-ota Terakt

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing