Ular bizni terakt ortida ISHID turibdi deb aldamoqchi bo‘lishdi – Rossiya
Olam
−
03 aprel
21314Moskva yaqinidagi "Krokus" konsert zalidagi terakt Kiyev rejimi tomonidan tashkillashtirilgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Ostonada bo‘lib o‘tayotgan SHHT majlisida so‘z ochdi.
Xavfsizlik kengashi kotibining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi to‘liq Qo‘shma Shtatlar tomonidan nazorat qilinadi.
"Krokusdagi terakt izlari Ukraina maxsus xizmatlariga olib bormoqda. Kiyev rejimi esa to‘liq AQSH nazoratida ekani hammaga ma’lum. Ular esa bizni terakt ortida Kiyev emas, balki radikal islomchilar, ehtimol ISHIDning afg‘on bo‘limi turibdi, deb ishontirmoqchi bo‘lishdi. Biz esa ISHID va boshqa terrorchi tashkilotlarni AQSHning o‘zi yaratganini yaxshi bilamiz", degan u.
Patrushevning ta’kidlashicha, teraktning bevosita aybdorlari, shuningdek, ularning sheriklari Ukraina tomonidan “o‘tish uchun darcha tayyorlanayotgan” chegarada hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori AQSH razvedka xizmatlari Rossiyaga “Krokus Siti Holl”da terakt sodir etilishi ehtimoli haqida ma’lumot yuborgan, ammo bu juda umumiy bo‘lgani haqida gapirgandi.
Shundan so‘ng, AQSH Rossiyani aynan “Krokus”da terakt bo‘lishidan ogohlantirgani haqida ma’lumot berildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr