Narishkin AQSH Rossiyani teraktdan ogohlantirganini tan oldi

Olam

image

AQSH razvedka xizmatlari Rossiyaga “Krokus Siti Holl”da terakt sodir etilishi ehtimoli haqida ma’lumot yuborgan, ammo bu juda umumiy bo‘lgan. Bu haqda kecha, 2 aprel kuni Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ma’lum qildi.

"Ha, haqiqatan ham Federal xavfsizlik xizmati AQSH razvedka xizmatlaridan, afsuski, bu mumkinligi haqida aniq ma’lumot olgan. Ammo rossiyalik hamkasblarimiz aytganidek, ma’lumotlar juda umumiy edi va bu dahshatli jinoyatda ishtirok etganlarni to‘liq aniqlashga imkon bermadi", deydi Moskvada jurnalistlarning savoliga javob berar ekan.

Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov ham Qo‘shma Shtatlar haqiqatan ham mamlakatda terakt tayyorlanayotgani haqidagi ma’lumotni Rossiyaga uzatganini, biroq bu umumiy xarakterdagi ma’lumot ekanini ta’kidlagan.

“Fuqarolar ommaviy to‘planadigan joylarda terrorchilik harakatlari tayyorlanayotgani haqidagi ma’lumotlar (AQSH tomonidan uzatilgan) umumiy xususiyatga ega edi, biz bu ma’lumotlarga, albatta, munosabat bildirdik va bunday ko‘rinishlarning oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rdik”, degan FXX rahbari.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Reuters” agentligi Eron razvedkasi Rossiyani terrorchilik operatsiyasi ehtimoli haqida ogohlantirganini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya terakt Narishkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made