Terakt tashkilotchilarining asosiy maqsadi Rossiyani parchalash bo‘lgan – Putin
Olam
−
04 aprel
5854Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl"dagi teraktni uyushtirishga buyruq berganlarning asosiy maqsadi Rossiya birligiga putur yetkazish bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasining XII qurultoyida so‘z ochdi.
"Hozirgi tergov ma’lumotlariga qaraganda, Moskvadagi qonli, dahshatli terrorchilik harakatiga buyruq berganlarning asosiy maqsadi hamjihatligimizga putur yetkazish bo‘lgan. Bundan boshqa sabab ko‘rmayapman”, degan Rossiya yetakchisi.
Putinning e’tirof etishicha, bugungi kunda Rossiya jamiyatining birligini uzish oson emas. U mamlakat muvaffaqiyatining eng muhim sharti – ko‘p millatli Rossiya jamiyatining birdamligi ekanligini alohida ta’kidlagan.
“(Rossiya) Islom fundamentalistlarining nishoni bo‘lishi mumkin emas. Tashqi maydonda ham u buni inobatga olib, qaror qabul qiladi”, deydi Putin.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr