Olimlar keyingi 10 yillikda rekord darajada issiq bo‘lishidan ogohlantirdi 

Bu qiziq

image
2025 yil eng issiq yil bo‘lishi mumkin. Asosiy aybdor esa Xitoy  north_east

2025 yil eng issiq yil bo‘lishi mumkin. Asosiy aybdor esa Xitoy 

Syurix (Shveysariya) Oliy texnika maktabi olimlarining ma’lum qilishicha, Yer yuzida harorat ko‘tarilishi tezlashib bormoqda, bu esa keyingi o‘n yil ichida anomal issiqning rekord davrlari bo‘lishiga olib keladi. Bu haqda Nature Climate Change ilmiy jurnaliga asoslanib xabar berilgan.  

“Asosiy ma’no shundaki, kelgusi o‘n yilliklar ichida biz avvalgi harorat ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘lgan, rekord darajadagi issiqlikka tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”, degan tadqiqot ishtirokchisi Erik Fisher. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, olimlar g‘ayritabiiy issiq harorat davrlari parnik gazlari chiqishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aniqlagan. Ta’kidlanishicha, gaz chiqindilari qanchalik ko‘p bo‘lsa, issiqlik davrlari shuncha tez paydo bo‘lishi mumkin. 

Mutaxassislar, shuningdek, o‘n yil ichida Yer sayyorasining 0,18S° ga isishini ta’kidlagan, bu o‘tgan 40 yilda kuzatilgan darajadan ancha tezroq. 

Olimlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda zararli gazlar chiqindilarini kamaytirish zarur. Biroq, mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, ko‘riladigan choralar parnik gazlari Yer iqlimini qanchalik tez o‘zgartirayotgani fonida yetarli bo‘lmasligi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, xitoylik olimlar atmosferaga eng ko‘p issiqxona gazlarini chiqarayotgan shaharlar ro‘yxatini ma’lum qilgandi. Ular tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, issiqxona gazlari chiqindilarining yarmidan ko‘pi Xitoyning o‘zidan kelib chiqadi. 


Maqola muallifi

Teglar

jazirama dunyo

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing