Oksana Chusovitina yana bir bor qahramonlik ko‘rsatdi

Sport

image

Bugun, 18 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlari nihoyasiga yetadi. So‘ngi kungi musobaqalar ham O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi.

O‘zbekiston va jahon gimnastikasining afsonasi Oksana Chusovitina Islom birdamligi o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Chusovitina tayanib sakrash dasturida ishtirok etib, eng yaxshi natijani qayd etdi va shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shuningdek, “Selcuklu Municipality”  arenasidan yana bir o‘zbekistonlik kikbokschi Mahmud Hayotov ham tengsiz bo‘ldi. -75 kg vazn toifasida jang qilgan Mahmud hal qiluvchi bahsda ozarbayjonlik sportchidan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq, kikboks bo‘yicha bahslarda Mavlon Muhammadjonov chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bundan oldin Oksana Chusovitina boshchiligidagi sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kumush medallar bilan taqdirlangani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi Islom birdamligi o‘yinlarida 49 ta oltin, 38 ta kumush va 56 ta bronza, umumiy hisobda 143 ta medal jamg‘ardi. Bu ko‘rsatkich borasida faqatgina mezbon Turkiya O‘zbekistondan oldinda bormoqda, xolos.


Maqola muallifi

Teglar

Oksana Chusovitina Islom birdamligi o'yinlari

Baholaganlar

922

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing