Islom birdamligi o‘yinlari: Muhammadjonov O‘zbekiston hisobiga navbatdagi oltinni qo‘shib qo‘ydi

Sport

image

Bugun, 18 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlari nihoyasiga yetadi. Musobaqaning oxirgi kunidagi bellashuvlar ham O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi.

Islom birdamligi o‘yinlarida kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi. Mavlon Muhammadjonov -54 kg vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. O‘zbekistonlik sportchi finalda ozarbayjonlik raqibi ustidan chiroyli g‘alabaga erishdi.

Avvalroq, Oksana Chusovitina boshchiligidagi sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kumush medallar bilan taqdirlangani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi Islom birdamligi o‘yinlarida 47 ta oltin, 38 ta kumush va 56 ta bronza, umumiy hisobda 141 ta medal jamg‘ardi. Bu ko‘rsatkich borasida faqatgina mezbon Turkiya O‘zbekistondan oldinda bormoqda, xolos.


Maqola muallifi

Teglar

Mavlon Muhammadjonov Islom birdamligi o'yinlari

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing