50 yoshli Oksana Chusovitina qachon nafaqaga chiqishini aytdi

Sport

image

1992 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Oksana Chusovitina sport faoliyatini qachon yakunlashi haqida fikr bildirdi. Hozirda 50 yoshda bo‘lishiga qaramay musobaqalarda ishtirok etib kelayotgan gimnastika yulduzi sport endi unga zavq keltirmasligini anglagach, uni tark etishini aytdi. Bu haqda Chusovitina “Odds” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bir kuni ertalab uyg‘onib, tashqariga chiqaman va shu bilan barchasi tugaydi. Menga bu endi kerak emasdek tuyuladi. Bu, ehtimol, psixologik yoki fiziologik masala ham bo‘lmas. Men shunchaki sport menga endi zavq bermayotganini anglayman. Ana o‘sha kuni faoliyatimni yakunlayman”, deydi Chusovitina.

Shuningdek, Chusovitina 2028 yilgi Olimpiadada qatnashishi bo‘yicha hozircha aniq reja qilmayotganini ta’kidladi.

“Hozirgi birinchi maqsadim 2026 yilgi Osiyo o‘yinlari. Keyin esa vaziyatga qarab qaror qilaman. Agar xohishim bo‘lsa, albatta harakat qilaman. Eng muhimi, keyin urinib ko‘rmaganim uchun afsuslanmaslik”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina sport gimnastikasi tarixidagi eng noyob sportchilardan biri hisoblanadi. U SSSR, Germaniya va O‘zbekiston terma jamoalari safida 8 marta yozgi Olimpiya o‘yinlarida (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) ishtirok etgan.

1992 yil Barselona Olimpiadasida u birlashgan jamoa tarkibida jamoaviy bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2008 yil Pekin Olimpiadasida Germaniya terma jamoasi safida tayaib sakrash bahsida kumush medalga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

gimnastika Oksana Chusovitina Olimpiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing