Rio Olimpiadasi chempioni YTH sodir etdi

Sport

image

2016 yilgi boks bo‘yicha Olimpiya chempioni Daniyar Yeleusinov Ostona shahrida mast holda avtomobil boshqarib, ikkita yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Ostona shahri politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, “Toyota Land Cruiser” haydovchisi ikki avtomobil bilan to‘qnashib, hodisa joyini tark etgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida transport vositasi Do‘stiq ko‘chasida aniqlanib, politsiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Toyota Land Cruiser” haydovchisi ikki avtomobil bilan to‘qnashuvga sabab bo‘lgan va hodisa joyidan ketib qolgan. 

“Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida transport vositasi Do‘stiq ko‘chasida aniqlanib, ushlandi. Rulda 35 yoshli, alkogol  alomatlari kuzatilgan erkak bo‘lgan”,  deyiladi politsiya xabarida.

Mahalliy jurnalistlarning ma’lum qilishicha, ushlangan shaxs 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, qozog‘istonlik bokschi Daniyar Yeleusinov bo‘lgan. 

Xabarlarga ko‘ra, u ushlanganidan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yuborilgan.Ostona politsiyasi ikki yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani va haydovchi ushlanganini tasdiqlagan. Biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar uning shaxsini rasman oshkor qilmagan.

Ma’lumot uchun, Daniyar Yeleusinov 2016 yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari finalida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosovni mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing