Chusovitina 49 yoshida Jahon kubogida zafar quchdi (video)
Sport
−
08 mart
552849 yoshli o‘zbekistonlik sport gimnmastikasi ustasi Oksana Chusovitina Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bugun, 8 mart kuni Chusovitina final bosqichida tayanib sakrash dasturida 13.516 ball to‘plab, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Chusovitina saralash bosqichida 13.266 ball jamg‘arib, ikkinchi natija bilan finalchilar qatoridan o‘rin olgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Chusovitina faoliyati davomida 4-marta Jahon kubogida zafar quchmoqda. U 1991 yilda jamoaviy va yakkalik dasutrida, 2003 yilda tayanib sakrash yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi