Afsonaviy Chusovitina Olimpiadada qatnashmaydi (video)
Sport
−
23 may 2024
7263O‘zbekistonlik afsonaviy sportchi Oksana Chusovitina jarohat olib, Parij-2024 Olimpiadasi uchun o‘tkaziladigan litsenzion musobaqada qatnashmaydigan bo‘ldi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Jarohati bois, 48 yoshli Chusovitina 24 may kuni Toshkentda start oladigan litsenzion turnirda ishtirok eta olmaydi. Bu degani u Parij Olimpiadasida qatnashmaydi.
Ma’lumot uchun, Chusovitina shu vaqtga qadar 8 ta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, Ginnes rekordlar kitobiga kirgan. Parij Olimpiadasi uning faoliyatidagi 9-Olimpiada bo‘lishi mumkin edi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

Maktablarda bahorgi ta’til qachondan boshlanadi?
37869
12 mart

Fojia va klip. Ayb kimda?
32685
12 mart