Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

OITS ro‘yxatida bo‘la turib, 5 kishi bilan jinsiy aloqa qilgan 20 yoshli qiz ushlandi (video)

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan joriy yilning 8-9 fevral kunlari o‘tkazilgan “Oriat” keng ko‘lamli tadbirlarida OITSga qarshi kurashish markazida ro‘yxatda turib, boshqa shaxslar bilan tartibsiz jinsiy aloqa qilgan 20 yoshli qiz ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Keng ko‘lamli tadbirlar doirasida 2005 yilda tug‘ilgan ayol boshqa shaxslar bilan tartibsiz jinsiy aloqa qilgan taqdirda, Jinoyat kodeksining 113-moddasi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilishiga qaramasdan 5 nafar shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani aniqlandi. U turli miqdordagi pul evaziga xizmat ko‘rsatib, ushbu shaxslarni OIV infeksiyasi yuqishi xavfi ostida qoldirgani uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.

Axloq va sog‘liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarni aniqlash, OIV (OITS), teri-tanosil hamda boshqa turdagi yuqumli kasalliklarni aholi orasida tarqalishining oldini olish maqsadida saunalar, SPA salonlar, massajxonalar, karaoke barlar, mehmonxonalar, xostellar va tungi klublar kabi jami 362 ta maskanlar tekshirildi. Tekshirilgan ob’ektlarda aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan jami 2469 nafar shaxs bilan tushuntirish ishlari olib borildi va ularning 968 nafari mobil tarzda shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, tegishli tibbiy xulosalar olindi.

DXX tungi klublarda reyd o‘tkazdi north_east

DXX tungi klublarda reyd o‘tkazdi

Aniqlangan holatlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 155 ta jinoyat ishlari doirasida 159 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. 437 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1236 nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi hamda ularning 624 nafari rasmiy ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1986 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida vaqtincha yashab kelayotgan Turkiya fuqarosi va ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgandi. Ushbu shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib, jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida 2 ayolni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Istanbul shahriga jo‘natayotgan vaqtida ushlandi.


Maqola muallifi

Teglar

OIV OITS massajxonalar SPA salonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing