Gripp yurak xuruji xavfini oshiradi

Salomatlik

image

Kaliforniya universiteti olimlari bir necha hafta davomida COVID-19 yoki grippni boshdan kechirgan insonlarda yurak xuruji (infarkt) xavfi keskin oshishini aniqladi. Shuningdek, OIV kabi surunkali virusli infeksiyalar ham og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish ehtimolini oshiradi. Bu haqda JAHA xabar berdi.

“Inson papillomasi virusi, gepatit B virusi va boshqa viruslar saratonni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo ularning yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jumladan, yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liqligi hali yetarlicha o‘rganilmagan”, deydi tadqiqotning yetakchi muallifi, Kaliforniya universitetining tibbiyot maktabi professori Kosuke Kavay.

Olimlar 52 mingdan ortiq ilmiy ishlarni tahlil qilib, ulardan eng sifatli 155 tasini tanlab meta-tahlil o‘tkazgan. Ma’lumotlarni solishtirish natijasida aniqlanishicha, laboratoriyada tasdiqlangan grippdan keyingi bir oy ichida yurak xuruj ehtimoli to‘rt baravar, insult ehtimoli esa besh baravar oshgan. COVID-19 esa yurak xuruji va insult xavfini uch baravar ko‘paytirgan va bu xavf bir yilgacha saqlanib qolishi ma’lum bo‘lgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, virusli infeksiyalar tanada kuchli yallig‘lanish jarayonini boshlaydi va qon ivish darajasini oshiradi. Bu jarayonlar sog‘aygandan keyin ham davom etib, yurak hamda qon tomirlariga ortiqcha yuk tushiradi. Yallig‘lanish, shuningdek, aterosklerotik blyashkalar hosil bo‘lishi va ularning yorilishiga olib keladi, bu esa o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari xavfini yanada oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimlar xaddan tashqari issiq dush qabul qilish sochlarning vaqtincha yoki progressiv to‘kilishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.  

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

OIV COVID-19 Kaliforniya Gripp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing