Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

DXX tungi klublarda reyd o‘tkazdi

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan joriy yilning 5-7 fevral kunlari O‘zbekiston bo‘ylab “Oriat” va “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 7 fevral kuni o‘tkazilgan “Oriat” keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida axloq va sog‘liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarni aniqlash, OIV (OITS) va boshqa turdagi yuqumli, teri-tanosil kasalliklarining tarqalishini oldini olish maqsadida saunalar, SPA salonlar, massajxonalar, karaoke barlar, mehmonxonalar, xostellar, tungi klublar va boshqa jamoat joylarida hamkorlikdagi tadbirlar olib borildi. Unda 340 ta ob’ekt tekshirilib, aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan 2957 shaxs bilan tushuntirish ishlari olib borildi va mobil tarzda shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, tegishli tibbiy xulosalar olindi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 93 ta jinoyat ishlari doirasida 94 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. 153 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1920 nafar shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi hamda ularning 766 nafari rasmiy ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan joriy yilning 27-31 yanvar kunlari mamlakat miqyosida “Antiterror-tozalash” keng ko‘lamli tadbirlari o‘tkazilgandi va jinoyat ishlari doirasida 169, ma’muriy ishlar doirasida 270 kishi qamoqqa olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoradori tungi klublar karaoke barlar teri-tanosil kasalliklari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar