Odam savdosida ayblanib, qidiruvga berilgan ayol Turkiyada ushlandi
Olam
−
28 noyabr
8456Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 8 yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 44 yoshli ayol Turkiyada ushlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan Tursuntosh Qodirova Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.
“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lib, Turkiyaga yashiringan shaxslarni qo‘lga olish tadbirlari yanada kuchaytirilishi xabar qilingandi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021 yildan buyon qidiruvga berilgan shaxs Turkiyada qo‘lga olinib, Toshkent shahriga deportatsiya qilingan edi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr