Nursulton Ro‘ziboyev UFC prezidenti bilan uchrashdi
Sport
−
26 iyun 2023 10365 1 daqiqa
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev debyuti oldidan tashkilot prezidenti Dana Uayt bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuv bugun, 26 iyun kuni UFC Fight Night turniri ishtirokchilari uchun ajratilgan mehmonxonada bo‘lgan. Reja bo‘yicha Nursulton bugun mehmonxonada o‘zi uchun ajratilgan xonaga joylashadi va 29 iyundan jangoldi tadbirlarda ishtirok eta boshlaydi.

Unga ko‘ra, sportchi o‘sha kuni oqshomning rasmiy posterlariga imzo chekish, media kuni va OAV xodimlari bilan muloqotda qatnashadi. Shuningdek, 30 iyunda vazn o‘lchash hamda face-to-face marosimlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboyevning jangi Toshkent vaqti bilan 2 iyul kuni tong saharda AQSHning Las-Vegas shahridagi UFC Apex arenada UFC Fight Night turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur to‘qnashuv turnirning asosiy kardidan o‘rin olgan bo‘lib, O‘zbekiston vakili braziliyalik Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr