Tezkor: Nursulton Nazarboyevning qayerdaligi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning qayerdaligi ma’lum bo‘ldi. Elboshining Matbuot kotibi Aydos Ukibayga ko‘ra, Nazarboyev ayni vaqtda Nur-Sultonda bo‘lib turibdi.

“Elboshi Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida. Sizdan bila turib yolg‘on va spekulyativ ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Elboshi bir qator maslahat uchrashuvlari o‘tkazmoqda va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan bevosita aloqada".

Matbuot kotib Nazarboyev Qozog‘istonga do‘st mamlakatlar rahbarlari bilan ham muloqot qilib turganini aytgan. Ammo bu qaysi mamlakatlar ekaniga aniqlik kiritmagan. 

"Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonga do‘st bo‘lgan davlatlar rahbarlari bilan bir necha bor telefon orqali muloqot qildi”, deydi Birinchi Prezidentning Matbuot kotibi. 

Elboshi Nursulton Nazarboyev va uning oila a’zolari qayerdaligi, qanday qo‘riqlanayotgani, mamlakatda ro‘y berayotgan hodisalarga qanday munosabatda ekani haqida ma’lumotlar yo‘q. Uning sobiq saroyiga o‘t qo‘yildi, haykallari qo‘porildi. Elboshi Xavfsizlik kengashi raisi lavozimini ham vorisi To‘qayevga topshirdi.  

Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda Nazarboyev va uning oilasi mamlakatni tark etgani, jiyani Samat Abish hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi. biroq bularning hech biri isbotini topmadi. 

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200 dan ortiq kishini qo‘lga oldi.  

5 yanvar kuni, shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Prezident Respublika Saken Isabekovni davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing