Nodirbek Abdusattorov yosh shaxmatchilar reytingida peshqadamga aylandi

Sport

image

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) e’lon qilgan yangi reytingga ko‘ra, yosh shaxmatchilar orasida yetakchiga aylandi.

Nodirbek bu borada hindistonlik Gukesh Dommarjuni ortda qoldirib, yoshlar o‘rtasidagi reytingda karvonboshilikni o‘z qo‘liga oldi. Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov esa reytingda 5-o‘rinda bormoqda.

Abdusattorov kattalar reytingida esa 11-o‘rinda band etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 19 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi xalqaro turnirda yetakchiga aylanib olgani xabar qilingandi.

Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda Abdusattorov 4 ta turda 3 ochko jamg‘arishni uddaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing