Sindorov 425 ming dollarlik turnirda qatnaşadi

Sport

−

image

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov jahon çempionligi uçun keçadigan bahs oldidan AQŞning Sent-Luis şahrida taşkil etiladigan Clutch Chess: Champions Showdown turnirida iştirok etadi. Bu haqda Özbekiston şaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqa joriy yilning 27-29 oktyabr kunlari bölib ötadi. Sindorovning raqiblari amerikalik grossmeysterlar Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana, şuningdek, hindistonlik Rameşbabu Pragnanandxa böladi.

Turnirda tört nafar şaxmatçi iştirok etadi. Har bir iştirokçi qolgan uç nafar raqibiga qarşi oq va qora donalarda ikki martadan bahs olib boradi. Şu tariqa, har bir şaxmatçi bir kunda 6 ta, musobaqa davomida esa jami 18 ta partiya öynaydi. Barça partiyalar 10 daqiqa + har bir yuriş uçun 5 soniya qöşib boriladigan vaqt nazorati asosida ötkaziladi.

Turnirning sovrin jamğarmasi 425 ming dollarni taşkil etadi. Musobaqaning öziga xos jihati şundaki, har bir öyin kunida ğalaba uçun beriladigan oçkolar qiymati oşib boradi. Bu esa ortda qolayotgan şaxmatçilarga ham raqiblariga yetib oliş imkonini beradi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning noyabr oyida Javohir Sindorov amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Dommaraju Gukeşga qarşi jahon şaxmat toji uçun bahsni boşlaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing