Abdusattorov bilan maşğulotlar meni reallikka qaytardi – Karlsen
Sport
−
18:41 324 2 daqiqa
Jahonning birinçi raqamli şaxmatçisi Magnus Karlsen özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bilan ötkazgan maşğulotlar uni reallikka qaytarganini aytdi. Bu haqda Karlsen joriy yilning 7 noyabr kuni UNICEF uçun taşkil etilgan xayriya tadbirida söz oçdi.
“Dunyoning eng yaxşi şaxmatçilaridan biri bilan öynasang, biroz reallikka qaytasan”, deydi Karlsen.
Uning aytişiça, internetda köplab blits partiyalarini öynaş şaxmatçida ayrim zararli odatlarni şakllantirişi mumkin. Abdusattorov bilan maşğulotlar esa bu jihatdan foydali bölgan. Karlsen Nodirbek unda juda yaxşi taassurot qoldirganini ham qayd etgan.
Şuningdek, norvegiyalik şaxmatçi yurişlarining taxminan 90 foizini intuitsiya asosida amalga oşirişini aytgan. Uning sözlariga köra, köpinça bitta nomzod yurişni körib çiqadi, ba’zan esa ikki yoki uçta variantni hisoblaydi. Bundan köproq variantni tahlil qilişga töğri kelsa, bu pozitsiyasida muammo borligidan darak beradi.
Karlsen yangi Total Chess formatini qiziqarli, biroq biroz taşvişli deb baholagan. Şu bilan birga, rapid va blits böyiça jahon çempionatining Turkiyada ötkazilişi uning musobaqada iştirok etiş ehtimolini oşirişini bildirgan. Biroq hozirça yakuniy qaror qabul qilmagan.
Bundan taşqari, şaxmatçi London tizimi haqida ham fikr bildirib, uşbu debyut avval öylaganidan ança boy va murakkab ekanini ta’kidlagan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning sentyabr oyida Nodirbek Abdusattorov boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi çempionligini qölga kiritgandi.
Live
Barchasi