Bibisora Sindorov iştirokidagi turnirining ikkinçi kunini boşlab berdi
Sport
−
14:49 1136 1 daqiqa
Qozoğistonlik şaxmatçi, blits böyiça uç karra jahon çempioni Bibisora Assaubayeva AQŞning Sent-Luis şahrida Javohir Sindorov iştirok etayotgan Clutch Chess Champions Showdown turnirining ikkinçi kunini boşlab berdi. Bu haqda Sent-Luis şaxmat klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Assaubayevaga musobaqa kuni boşlanganini ramziy ifodalovçi maxsus qönğiroqni çaliş marosimi işonib topşirildi.
“Clutch Chess Champions Showdown musobaqasining ikkinçi kuni ayollar örtasida blits böyiça uç karra jahon çempioni Bibisora Assaubayevaning tantanali qönğiroqni çalişi bilan boşlandi”, deyiladi taşkilotçilar bayonotida.
Turnirda tört nafar grossmeyster iştirok etmoqda: özbekistonlik Javohir Sindarov, amerikaliklar Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana hamda hindistonlik Rameşbabu Pragnanandha.
Musobaqa Clutch tizimi asosida ötkazilmoqda. Unga köra, kunning sönggi partiyalarida qöşimça oçkolar taqdim etiladi. Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 425 ming dollarni taşkil etadi.
Live
Barchasi27 Oktyabr