Javohir Sindorov 425 ming dollarlik turnir çempioni böldi
Sport
−
09:21 3027 1 daqiqa
Keça, 29 oktyabr kuni AQŞning Sent-Luis şahri mezbonlik qilgan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turniri söngi kuni bölib ötdi. Unda özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov turnir çempionligini qölga kiritdi.
Uç kun davom etgan musobaqada Javohir Sindorov dunyoning yetakçi grossmeysterlari – Xikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Rameşbabu Pragnanandxaga qarşi bahs olib bordi. Sindarov turnirni 20,5 oçko bilan yakunlab, birinçi örinni egalladi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi 425 ming dollarni taşkil etdi. Ğolib sifatida Javohir 125 ming dollar asosiy mukofotga ega böldi. Bundan taşqari, u partiyalardagi ğalabalari uçun belgilangan pul bonuslari hamda çempionga atalgan qöşimça jekpotni ham qölga kiritadi.
E’tiborlisi, uşbu musobaqa Javohir Sindorovning jahon çempionlik unvoni uçun Gukeş Dommarajuga qarşi ötkazadigan uçraşuvi oldidagi sönggi turniri böldi.
Eslatib ötamiz, Javohir Sindorov va amaldagi jahon çempioni hindistonlik Gukeş Dommaraju ortasidagi jahon çempionligi uçun bahslar joriy yilning 24 noyabridan 12 dekabriga qadar Jenevada bölib ötadi. Asosiy partiyalar Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 15:00 da boşlanişi rejalaştirilgan. Barça partiyalar Toşkent vaqti bilan soat 19:00 ga töğri keladi.
Live
Barchasi27 Oktyabr