Nodira Qodirovaning vafoti bo‘yicha yangi ma’lumotlar ochiqlandi
Jamiyat
−
12 mart 2020
22170Avvalroq, Turkiyaning Anqara shahrida vafot etgan Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq ish yopilib, sud-tibbiy ekspertizasi e’lon qilingani va unda qotillik alomatlari aniqlanmagani haqida xabar bergan edik.
Anqara prokuraturasi tomonidan qabul qilingan so‘nggi qarorda, Nodira Qodirovaning o‘z joniga qasd qilgani, uni o‘zini o‘ldirishga majburlagan, uni o‘z joniga qasd qilishga undagan, buni qo‘llab-quvvatlagan yoki unga yordam bergan shaxs yoki shaxslarning topilmagani aytiladi.
Shuningdek, sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga ko‘ra, uning tanasida jinsiy zo‘ravonlik belgilari aniqlanmagan. Uning kundaligi va vafotidan ikki kun avval qoldirgan maktubida o‘z joniga suiqasd qilishi yozilgani ma’lum qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilning 23 sentyabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar qiz Nodira Qodirova Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan edi. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Millat majlisi deputatligiga saylangan Shirin Unalning uyida xizmatchi bo‘lib ishlagan Qodirova vafoti bo‘yicha tergov harakatlari 5 oydan ortiq vaqt davom etdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr