Nodira Qodirovaning o‘limi haqida uning dugonasi gapirib berdi. Aslida nima bo‘lgandi?
Jamiyat
−
27 Sentabr 2019
45597Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida o‘z joniga qasd qilgan o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning dugonasi Laylo Niyozova Turkiyaning "Jumhuriyat"gazetasiga telefon orqali marhuma bilan so‘nggi suhbatida nima haqida gaplashganini gapirib berdi.
"22 sentyabrdan 23 sentyabrga o‘tar kechasi dugonam Nodira menga qo‘ng‘iroq qildi. Biz ikki soat davomida gaplashdik. U tinmay yig‘lab, hamma narsadan charchaganini, to‘yib ketganini bot-bot takrorladi. Hatto o‘z joniga qasd qilishini ham aytib o‘tdi. Shunda men qo‘ymay sababini so‘raganimda, ikki hafta oldin yotgan xonasiga xo‘jayini kirib, eshikni ichkaridan qulflab unga yopishganini va xo‘jayinning to‘pponchasini o‘qi bilan topib olganini aytdi. Dugonamning bu gaplarini hazilga yo‘ydim. Bunaqa bo‘lishi umuman xayolimga ham kelmagandi", dedi Laylo Niyozova.
Shuningdek, qizning o‘lganiga ikki kun bo‘lishiga qaramay, politsiya hamon Laylo Niyozovadan ko‘rsatma olmagan. Shuningdek, sud-tibbiy ekspertizasi ham bir kunda tamomlangan.
Nodira Qodirova kecha, 26 sentyabr kuni O‘zbekistonda dafn qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi O‘zbekiston elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga joriy yilning 23 sentyabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirova vafot etgani haqida ma’lum qilgandi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot bergan.
LiveBarchasi