“Nodira Qodirova uchun adolat” – o‘zbekistonliklar kampaniya boshladi
Olam
−
04 Oktabr 2019
15400O‘zbekistonliklar “Adolat va taraqqiyot” partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida shubhali tarzda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi 23 yoshli Nodira Qodirova uchun kampaniya boshladi.
Nodira Qodirova joriy yilning 23 sentyabr kuni deputat Shirin Unalning uyida shubhali tarzda o‘lim topdi. Politsiya shubhali o‘lim bo‘yicha “joniga suiqasd qilish” deb bayonot berdi.
Ishni yuritayotgan prorkuror Qodirovaning dugonasi, guvoh Laylo Niyozovadan “Siz Qodirovani fohishalikka undaganmidingiz?”, degan savol tashlagan. Shu orqali prokuror marhumani fohishalik bilan shug‘ullanganiga imo qilgan. Bu masala Turkiya Buyuk millat majlisiga ham yetib bordi. Deputatlardan biri Adliya vaziriga Qodirova ishi bo‘yicha so‘rov yubordi.
Shubhali o‘limning “yopdi-yopdi” qilishga urinishi ortidan o‘zbeklar kampaniya boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Nodira Qodirova ishida adolat istaymiz”, “Nodira Qodirova uchun adolat” degan yozuvli qog‘ozlar bilan video va fotolar paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarida hatto deputat Shirin Unal Qodirovaning qotili ekani va u qamoqqa tashlanishi kerakligi aytiladi.
O‘zbekistonliklar kampaniya orqali Nodira Qodiovaning shubhali o‘lishi masalasi “bosdi-bosdi” qilinishiga reaksiya ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida oqsoch bo‘lib ishlayotgan 23 yashar o‘zbekistonlik Nodira Qodirova generalning to‘pponchasi bilan o‘zini otib qo‘ygandi.
Shirin Unalning uyida ikki o‘zbek ayoli oqsoch bo‘lib ishlagan. Nodira asosan genaralning doimiy e’tiborga muhtoj rafiqasiga yordamchi bo‘lgan. Marhumaning jasadi joriy yilning 25 sentyabr kuni O‘zbekistonga olib kelindi.
LiveBarchasi