Nitssadagi qotillik bo‘yicha yana ikki kishi qamoqqa olindi
Olam
−
01 noyabr 2020
5005Fransiyaning Nitssa shahridagi qurolli hujum bo‘yicha yana ikki kishi qo‘lga olindi. Hujum natijasida 3 kishi halok bo‘lgandi.
33 yoshli erkak 30 oktyabr kuni hujumning boshqa bir ishtirokchisining uyida ushlangan. Bu haqda DW xabar berdi.
Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari hozirda uning hujumga qanday aloqasi borligini o‘rganyapti. Oradan bir necha soat o‘tib, Fransiya janubidagi Gras shahrida to‘rtinchi gumonlanuvchi 29 yoshli tunislik ushlangan.
Endilikda Nitssadagi terakt bo‘yicha jami to‘rt kishi hibsda saqlanyapti. Avvalroq, hujumdan bir kun oldin jinoyatni sodir etgan shaxs bilan aloqada bo‘lgan 47 va 35 yoshli erkaklar ushlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni Nitssa shahridagi Notr-Dam nomli mahalliy sobor yonida pichoq bilan qurollangan kishi odamlarga hujum qildi. Oqibatda uch kishi qurbon bo‘ldi. Ular orasida cherkov ruhoniysi ham bor. Qurol bilan tajovuz qilgan shaxs qo‘lga olingan. Keyinroq Nitssadagi hujumni 21 yoshli tunislik yigit amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. U joriy yilning oktyabr oyida Fransiyaga borgan.
LiveBarchasi