Futbolchini ko‘prikdan sakrashga nima majbur qilgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq Fransiyaning “Nitssa” klubi futbolchisi Aleksis Beka-Beka Nitssa trassasida joylashgan 100 metr balandlikdagi Manyan ko‘prigi chetida turib, o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilayotgani haqida xabar bergan edik. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi hozirda xavfsiz hududga olib o‘tilgan bo‘lib, psixologlar nazoratiga olingan. 

Mahalliy jurnalist Natan Rochefort o‘zining X sahifasida yozishicha, Beka-Bekani favqulodda vaziyatlar xodimlari ko‘prikdan olib ketgan. 

Mazkur post ostidagi izohlarda jurnalistning tasvirlariga shubha qilganlar ham bo‘ldi va Rochefort ularga quyidagicha javob berdi.

“Kechirasiz, men yaxshi suratga olishga harakat qildim, lekin ko‘prikka kirish politsiya tomonidan to‘sib qo‘yilgan edi. Bu muhim emas, siz taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga e’tibor berganingiz ma’qul”, degan Natan Rochefort.

Boshqa bir X foydalanuvchisi “O‘sha vaqtda biz ko‘prik ostida edik, u yerda hech kim, jumladan u (Beka-Beka) ham yo‘q edi” degan post qoldirgan.

“L'Equipe” nashriga ko‘ra, futbolchi bilan bir necha soat davom etgan muzokaralardan so‘ng, qutqaruvchilar uning fikrini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qilishga urinishiga uning sevgan qizi bilan muammosi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya ko'prik Nitstsa Beka-Beka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing