Fransiya futbol jamoasining avtobusi toshbo‘ron qilindi (video)

Sport

image

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Marsel” – “Lion” uchrashuvi mehmonlar avtobusiga muxlislar tomonidan qilingan hujum tufayli bekor qilindi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

O‘yin boshlanishiga oz vaqt qolganida “Marsel” muxlislari Toshkent vaqti bilan 30 oktyabrga o‘tar kechasi, soat 00:45 da boshlanishi kerak bo‘lgan o‘yin uchun Marseldagi “Velodrom” stadioni tomon ketayotgan “Lion” avtobusini toshbo‘ron qildi. Oqibatda “Lion” bosh murabbiyi Fabio Grosso jiddiy jarohat oldi.

“O‘yin bekor qilinishi bo‘yicha qaror qilindi. Holat bo‘yicha ma’lumotlar vakolatli organlarga yetkaziladi”, deydi uchrashuv tayinlangan hakam Fransua Leteks.

Ma’lumot uchun, 9 ta turda 12 ochko jamg‘argan “Marsel” Fransiya 1-ligasi turnir jadvalida 9-o‘rinda, “Lion” esa 3 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda. 10-turdan keyin “Nitssa” 22 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, PSJ 21 ochko to‘plab, 2-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

toshbo'ron Lion Nitstsa Marsel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing