Argentina Prezidenti toshbo‘ron qilindi

Olam

image

Argentina Prezidenti Xaver Miley Buyenos-Ayres poytaxtidan janubda joylashgan Lomas-de-Samora shahrida saylovoldi tadbir chog‘ida toshbo‘ron qilindi. Bu haqda 27 avgust kuni Argentina davlati rahbari matbuot kotibi Manuel Adorni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Miley jabrlanmagan, uni xavfsizlik xodimlari olib ketishgan. 

Voqea Prezidentning singlisi va xodimi Karina Miley atrofida avj olgan korrupsiya mojarosi fonida yuz bergani aytilmoqda. Namoyishchilar siyosatchiga hujum qilganda u singlisi bilan mashinada bo‘lgan. O‘sha mashina va unga hamroh bo‘lgan mashinalarga toshlar, o‘simliklar va shishalar otilgan.

Miley voqea joyini tark etgach, uning tarafdorlari va raqiblari o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Qayd etilishicha, Miley tarafdorlaridan kamida bir nafari qovurg‘asidan jarohat olgan va uni tez yordam mashinasi olib ketgan.

Avvalroq Argentinada Nogironlik bo‘yicha milliy agentlikning (ANDIS) sobiq rahbari Diyego Spagnuoloning ovozi eshitilgan audioyozuvlar ommaga e’lon qilingan edi. Uning bayonotlariga ko‘ra, Karina Miley nogironlar uchun mo‘ljallangan mablag‘larni noto‘g‘ri ishlatish bilan shug‘ullanadi.

Argentina muxolifatining tayanchi hisoblangan Lomas de Samora shahridagi saylovoldi tadbiridagi vaziyat keskinlashishidan oldin Xaver Miley Spagnuoloning yozuvda aytgan hamma gaplari “yolg‘on” ekanini aytdi. U o‘z ishini sudda isbotlashga va’da berdi.

AFP xabariga ko‘ra, namoyishchilar Argentina prezidentini la’natlagan.

“Nogironlarni talon-taroj qilish – sharmandalik”, dedi namoyishchilardan biri C5N telekanalida.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina toshbo'ron Xav'er Miley

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing