Fransiyadagi shahar butunlay toksiz qoldi

Olam

image

Kecha, 25 may kuni ertalab Fransiyaning Nitssa shahrida elektr ta’minoti uzilib qoldi. Ushbu holat shaharning g‘arbiy qismida joylashgan transformatorda yong‘in chiqishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Le Figaro” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Fransiya janubida ketma-ket ikkinchi marta sodir bo‘lgan yirik elektr ta’minoti uzilishi mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergov qilinmoqda. Fransuz OAV xabariga ko‘ra, bu holat minglab odamlarning hayotiga ta’sir qilgan – oxirgi hodisada deyarli 50 ming kishi elektrsiz qolgan. Ayni vaqtda ta’minot to‘liq tiklangan.

Nitssa meri Kristian Estrozi voqeani “qasddan sodir etilgan xatti-harakat” deb atagan. U tergovchilarga kuzatuv kameralarining barcha yozuvlari taqdim etilishini, shuningdek, energetika inshootlari yaqinida kuzatuv tizimlari sonini oshirilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqeadan bir kun oldin aynan Fransiya janubida ham shunga o‘xshash holat sodir bo‘lgandi. Tanneron shahridagi elektr stansiyasi yaqinida yuz bergan yong‘in sababli Sohilbo‘yi Alp tog‘lari departamentida 160 mingga yaqin xonadon elektrsiz qolgan.

Tegishli xizmatlar hozirda bu ikki hodisaning bog‘liqligini o‘rganmoqda. Rasmiylar texnik nosozlik ehtimolini inkor etmagan bo‘lsa-da, atayin zarar yetkazilganlik ehtimoli ustuvor versiya sifatida ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya elektr ta'minoti Nitstsa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing