Ispaniyada PSJ avtobusi toshbo‘ron qilindi

Sport

image

Kecha, 10 dekabr kuni UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi “Atletik Bilbao” – PSJ o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng Parij klubi avtobusi tunda Basklar o‘lkasidagi mehmonxona yonida toshbo‘ron qilindi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, voqea Bilbao markazidagi “Hotel de los Campeones de Europa” mehmonxonasi oldida sodir bo‘lgan. Hujum vaqtida PSJ delegatsiyasi avtobusda bo‘lmagan. Shikastlangan avtobus ertalab foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgani sababli, PSJ klubi Ispaniya shimolini tark etish uchun muqobil transport vositasini topishga majbur bo‘lgan. Jamoa mahalliy vaqt bilan soat 09:30 dan keyin mehmonxonani tark etib, aeroportga yo‘l olgan. Parijliklar soat 10:40 atrofida Ispaniyadan uchib, soat 11:55 da Parijga qo‘ngan.

Parij klubi ushbu o‘yinga kelish chog‘ida ham muammolarga duch kelgan: Noqulay ob-havo sharoiti PSJ samolyoti Ispaniya qo‘nishda qiyinchiliklarga duch kelgan edi. 

Ma’lumot uchun, PSJ Chempionlar Ligasi 6-turidan so‘ng 13 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi turda  Luis Enrike shogirdlari “Sporting” klubi mehmoni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chempionlar ligasi doirasida “Bryugge” – “Barselona” uchrashuvi oldidan o‘yinga ketayotgan ispaniyalik muxlislar avtobusi yonib ketgan va shu sababli yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ toshbo'ron Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing