“Barselona” muxlislar avtobusi yonib ketdi (video)

Sport

image

Kecha, 5 noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Bryugge” – “Barselona” o‘yiniga ketayotgan ispaniyalik muxlislar avtobusi yonib ketgani sababli yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Hodisa o‘yindan bir necha soat oldin sodir bo‘lgan. Bu haqda “Daily Express” nashri xabar berdi.

Muxlislarning bir qismi “Yan Breydel” stadioniga yo‘l olayotganda avtobusdan tutun va olov chiqqanini sezgan. Avtobus Bryugge shahridan unchalik uzoq bo‘lmagan katta yo‘lda harakatlanayotganda to‘xtashga majbur bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda yong‘in avtobusning orqa qismini qamrab olgani va yo‘l chetida kutib turgan muxlislarning xavfsiz tarzda evakuatsiya qilinayotganini ko‘rish mumkin.

Manbaga ko‘ra, voqea natijasida hech kim jabrlanmagan. Belgiyaning HLN nashri xabar berishicha, hodisaga aloqador bir erkak politsiya tomonidan hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi “Yan Breydel” stadionida kechgan ushbu bahs jangovar 3:3 hisobidagi durrang natija bilan yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus “Barselona” “Bryugge”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing