Yana bir futbolchi Falastinni qo‘llab-quvvatlagani uchun jazolandi

Sport

image

Fransiyaning “Nitssa” klubining jazoirlik futbolchisi Yusuf Atal ijtimoiy tarmoqda Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi post qoldirgani uchun Fransiya klubidagi o‘yin va mashg‘ulotlardan chetlatildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli himoyachi Instagram'ga Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi videoni joylagan, biroq futbolchi keyinchalik bu postni o‘chirib tashlagan. Biroz avval Atal ijtimoiy tarmoqqa Jazoir terma jamoasi futbolkasi va Falastin bayrog‘i rangidagi sharf taqib tushgan suratlarini ham joylagan. Keyinroq futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi postlari uchun uzr so‘ragan.

“Nitssa” futbolchi o‘z postini tezda o‘chirib tashlab, xatosini tan olganini tasdiqlaydi. Futbolchi omma oldida uzr so‘radi. Biroq u chiqargan postni mohiyati va jiddiyligini inobatga olib, klub himoyachiga nisbatan zudlik bilan intizomiy choralar ko‘rishga qaror qildi. Shu munosabat bilan klub Yussef Atalni keyingi ogohlantirishgacha o‘yinlardan chetlatadi”, deyiladi jamoa bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning “Mayns” futbol klubi a’zosi ham Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi posti uchun jazolangandi. Myunxenning “Bavariya” klubi rahbariyati Marokash terma jamoasi himoyachisi Nussair Mazrauiga ham ijtimoiy tarmoqda qoldirgan posti uchun jazo chorasi qo‘llanildi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Nitstsa Yusuf Atal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing